Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Shlotterbek "Real" yoki "Bavariya"ga o‘tmoqchi

Shlotterbek "Real" yoki "Bavariya"ga o‘tmoqchi

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek "Bavariya" yoki Madridning "Real" klubiga o‘tish istagini bildirdi. Futbolchi ushbu klublardan biriga o‘tishi mumkinligiga umid qilmoqda. 23 yoshli himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun da’vogarlar orasida "Barselona" ham bor, ammo kataloniyaliklar uchun hujumchi topish ustuvor bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Sky Sport Germany xabar bermoqda.

Shlotterbekning "Borussiya" bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Shunga qaramay, dortmundliklar allaqachon himoyachiga yaxshilangan shartlar bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi bitim taklif qilgan. Bu Nikoni jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchilaridan biriga aylantiradi, bu esa uning kelajakdagi qaroriga ta’sir qilishi mumkin.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Shlotterbekning narxi 40 mln yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 15:27, 09.12.2025.
O'qildi: 1053 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик