Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Marselino Alonsoning vaziyati haqida gapirdi

Marselino Alonsoning vaziyati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Vilyarreal" bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral "Real"dagi Xabi Alonso bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

"Hamkasblarim noqulay vaziyatga tushib qolishsa, har doim o‘zimni noqulay his qilaman. Men har doim o‘zimni ularning o‘rniga qo‘yaman.

Murabbiylar g‘alabalarni yolg‘izlikda, mag‘lubiyatlarni esa... yanada yolg‘izlikda boshdan kechiradilar. Bizning ishimiz muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Muvaffaqiyat futbolchilarning o‘yini va yaxshi natijalarga bog‘liq. 

Men har doim aytamanki, murabbiylar sendvich o‘rtasidagi go‘sht va pishloq kabidir. Yuqorida esa, rahbarlik qiluvchilar ramzi bo‘lmish non qatlami turadi. Pastda esa o‘yinchilar. Ular haqiqiy qahramonlar va murabbiyga o‘yinlarda g‘alaba qozonishga yordam beruvchilardir. Ammo vetchina va pishloq pastki qatlam ustidan mutlaq nazoratga ega bo‘lmasa, muammolar paydo bo‘ladi.

Rahbarlar qilishlari kerak bo‘lgan yagona narsa - qaror qabul qilishda mutlaq ishonch va kuchni namoyish etish. Va klub rahbariyati murabbiyning qobiliyati va ishiga shubha bilan qaragan kuni u bilan xayrlashishi kerak", - dedi Marselino Manu Karrenoga bergan intervyusida.

Kiritildi: 16:42, 09.12.2025.
O'qildi: 789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.