"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska Chempionlar Ligasidagi turnir jadvali haqida fikr bildirdi.
Seshanba kuni "ko‘klar" safarda "Atalanta"ga 1:2 hisobida yutqazib, kuchli sakkizlikdan tushib ketishdi.
"Ko‘rinishidan, qolgan ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozonishimiz kerak. O‘n olti ochko bizga kuchli sakkizlikdan joy olishni ta’minlashi mumkin. 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olish uchun bizga yana olti ochko kerak", - dedi Mareska.













