Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted" Brunu Fernandesh uchun katta narx qo‘ydi

"Manchester Yunayted" Brunu Fernandesh uchun katta narx qo‘ydi

Baho:
+ | -

Portugaliyalik yulduz yarim himoyachi Brunu Fernandesh yaqin kelajakda "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari xabar berdi.

Manbaga ma’lum bo‘lishicha, "qizil iblislar" rahbariyati 31 yoshli xavbekni katta pul evaziga sotib yuborish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Mankunianliklar Fernandeshni sotishdan taxminan 80 million yevro ishlab olishni mo‘ljallamoqda. Portugaliyalik futbolchining transferiga Saudiya Arabistoni chempionati klublari qiziqish bildirmoqda.

Brunu 2020 yilning yanvaridan beri "MYU" futbolchisi hisoblanadi. Portugaliyalikning shartnomasi 2027 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Fernandeshning bozor narxi 40 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:33, 13.12.2025.
O'qildi: 1200 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик