"Gremio" jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Luish Kashtru tayinlanganini e’lon qildi.
64 yoshli portugaliyalik bilan shartnoma 2 mavsumga mo‘ljallangan - 2027 yil oxirigacha.
"Gremio" avvalgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Braziliya A Seriyasi turnir jadvalida 9-o‘rinni egallagan edi.
Kashtruning so‘nggi ish joyi BAAning "Al-Vasl" klubi edi. Bungacha u "An-Nasr", "Botafogo", "Al-Duhayl", "Shaxtyor" va boshqa klublarga ustozlik qilgan.













