Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Arteta: "Uning ko‘rsatkichlari aql bovar qilmas darajada"

Arteta: "Uning ko‘rsatkichlari aql bovar qilmas darajada"

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasi yarim himoyachisi Martin Subimendi haqida iliq fikrlar bildirdi.

"Juda ta’sirli, chunki men bu ligaga darhol kelish va u qilayotgan ishni qilish qanchalik qiyinligini bilaman. Birinchidan, jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lish kerak, bu esa oson emas. Keyin - boshqa o‘yin uslubi, boshqa liga. Ammo, siz aytganingizdek, uning xatti-harakatlari va o‘yindagi ishtiroki nihoyatda xilma-xil. Uning himoyadagi ko‘rsatkichlari aql bovar qilmas darajada va men buni ko‘rsata olishiga shubha qilmaganman, ammo bu Premyer-liga va buni isbotlash kerak," - deya Artetaning so‘zlarini keltiradi "Arsenal" rasmiy sayti.

Subimendi 2025 yilning yozida "Real Sosyedad"dan "Arsenal" futbolchisiga aylangandi. Hozirda futbolchi "Arsenal" safida mavsumda 20 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 18:20, 13.12.2025.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик