Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Futzal. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Buxoroda yig‘inni boshlaydi

Futzal. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Buxoroda yig‘inni boshlaydi

Baho:
+ | -

Dekabr oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun qadimiy va hamisha navqiron Buxoro shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi.

Ushbu yig‘in yanvar oyining so‘nggi o‘n kunligida Indoneziyada start oladigan Osiyo kubogi musobaqasi oldidan o‘ziga xos ko‘rik vazifasini o‘tab beradi. Mashg‘ulotlar 2024 yilgi Jahon chempionati o‘yinlari munosabati bilan qurilib, foydalanishga topshirilgan «Universal» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Yig‘in doirasida Nodir Eliboyev shogirdlari jahonning kuchli jamoalaridan biri sanalgan Rossiya milliy terma jamoasiga qarshi ikkita xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Afsuski, avvalroq e’lon qilingan milliy terma jamoaning kengaytirilgan tarkibida juz’iy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu mamlakat milliy chempionatining so‘nggi tur uchrashuvlarida olingan jarohatlar bilan bog‘liq. Xususan, terma jamoa shifokorlari ma’lum qilishicha, himoyachilar Mashrab Odilov va Shahzodjon Sa’diyevlarning jarohatlari kutilganidan ancha jiddiy ekani aniqlangan. Ular to‘liq tiklanishi uchun ko‘proq vaqt talab etilishi sababli Osiyo kubogi final bosqichida ishtirok eta olmaydi.

Shuningdek, iste’dodli yarim himoyachi Muhammadali Xusanboyev ham 6-turdan keyin terma jamoa murabbiylari ixtiyoriga jarohat bilan qaytdi. Bu holat milliy terma jamoa murabbiylar shtabi rejalariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilishiga olib keldi. Endilikda himoya va hujum chiziqlarida o‘zaro yaxshi tushunadigan futbolchilar bog‘lanmalarini shakllantirish uchun ko‘proq vaqt va amaliy mashg‘ulotlar talab etiladi. Shu bois Nodir Eliboyev Rossiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvlarda yangi nomzodlardan iborat eksperimental tarkibni sinab ko‘rishga majbur bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Rossiya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari 19- va 21 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlar soat 17:00 da start oladi. Ulardan birinchisi muxlislar uchun ochiq bo‘ladi va O‘zMTRKning «Futbol» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Shuningdek, O‘zbekiston futbol federasiyasining rasmiy YouTube kanali orqali ham uchrashuvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish mumkin.

Buxorolik futbol ishqibozlari hamda qadimiy shahar mehmonlarini milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun «Universal» sport majmuasiga - 19 dekabr sanasidagi o‘yinga taklif etamiz. Tomoshabinlar uchun kirish mutlaqo bepul.

Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi futzalchilarni yig‘inga chaqirdi:

O‘zbekiston milliy terma jamoasi:

Darvozabonlar:
Shavkat Ibragimov (“Oil Star”)
Abbos O‘lmasbekov (“BMB PFC”)
Abbos Elmurodov (“BMB PFC”)

Himoyachilar:
Ilhomjon Hamroyev (“Oil Star”)
Anasxon Raxmatov («Nasaf»)
Sirojiddin Shokirov («Surxon»)

Qanot o‘yinchilari:
Shahram Faxriddinov (OKMK)
Husanxon G‘aniyev («Bunyodkor»)
Xayrulla Solixov (OKMK)
Samariddin Berkinov ("Oil Star")

Qanot hujumchilari:
Elbek To‘lqinov (“Oil Star”)
Abror Axmedzyanov (SQB)
Akbar Usmonov (SQB)
Ixtiyor Ropiyev («Nasaf»)
Eldor Nig‘matov («Lokomotiv»)
Burxoniddin Sodiqov («Lokomotiv»)

Hujumchilar:
Muzaffar Ahadjonov ("BMB PFC")
Davlat Ibragimov ("BMB PFC")

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 08:48, 14.12.2025.
O'qildi: 576 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.