"Manchester Yunayted" Premyer-liga o‘yinida navbatdagi bor g‘alaba qozona olmadi.
Ruben Amorim jamoasi o‘z maydonida APLning 16-turida "Bornmut" (4:4) bilan durang o‘ynadi.
So‘nggi 7 o‘yinda mankunianliklar 2 g‘alaba, 4 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etishgan.
21 dekabr kuni "MYU" Angliya chempionatining 17-turida "Aston Villa" mehmoni bo‘ladi. Unai Emeri jamoasi ketma-ket 9 o‘yinda g‘alaba qozongan.














