Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Karrager Salohni kelasi mavsum «Liverpul» tarkibida ko‘rmayotganini aytdi

Karrager Salohni kelasi mavsum «Liverpul» tarkibida ko‘rmayotganini aytdi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Muhammad Salohning «Liverpul»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Men Muhammad Salohni kelasi mavsum “Liverpul” tarkibida ko‘rmayapman. Men uchun asosiy savol — uni joriy chempionat oxirigacha jamoada ko‘ramizmi-yo‘qmi. Menimcha, u ketsa, juda afsuslanadi.

Ochig‘ini aytganda, uning Arne Slot bilan kelishmovchiligi bor. Ammo murabbiyning harakatini alohida ta’kidlamoqchiman. U Salohni “Brayton”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga umuman kiritmasligi ham mumkin edi, biroq jamoa manfaatini hammasidan ustun qo‘ydi. Natijada Saloh maydonga tushdi va jamoaga yordam berdi.

Men Salohning “Real” yoki “Barselona”ga o‘tishiga ishonmayman. Bu yerda gap faqat Saudiya Arabistoni ligasi haqida ketishi mumkin. Shu bilan birga, mavsumning ikkinchi yarmida “Liverpul” Angliya Kubogi yoki Chempionlar ligasi finaligacha yetib borishi mumkin. Tasavvur qiling, Saloh Saudiya Arabistonida o‘tirib, sobiq jamoasi Budapeshtda Chempionlar ligasi finaliga chiqqaniga guvoh bo‘lyapti.

U hurmat yo‘lagiga, tribunalardagi bannerlarga va oilasi bilan birga maydonga chiqish imkoniyatiga loyiq. Murabbiy bilan bo‘lgan kelishmovchilikni biroz chetga surib, “Liverpul”da qolishi mumkin bo‘lgan yana uch-to‘rt oy haqida o‘ylab ko‘rish kerak», — deya Karragerning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda misrlik futbolchi APLda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:14, 16.12.2025.
O'qildi: 717 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.