Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekistonda media futbol ligasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda media futbol ligasi tashkil etiladi

Baho:
+ | -

2026 yilda mamlakatimizda O‘zbekiston media futbol ligasining ilk mavsumi bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda kuni kecha Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan konferensiyada e’lon qilindi.

O‘zbekiston media futbol ligasining (United MFL) dastlabki mavsumiga bag‘ishlangan konferensiyada so‘zga chiqqan taniqli futbolchi va murabbiylar, mutaxassislar mamlakat sportida ilk bor amalga oshirilayotgan ushbu loyiha sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, futbolga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanini ta’kidladi.

Tadbirda aytilganidek, chempionatga kelgusi yilning 1 martida start beriladi. Mavsum 14 iyunga qadar davom etadi. Unda 16 jamoa ishtirok etadi.  

Shu bilan birga, kelgusida United MFL doirasida kubok bellashuvlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 16:57, 16.12.2025.
O'qildi: 788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик