Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Aleksandr Xomyakov: «Barcha buxorolik muxlislarni jamoa Superligada qolgani bilan tabriklayman»

Aleksandr Xomyakov: «Barcha buxorolik muxlislarni jamoa Superligada qolgani bilan tabriklayman»

Baho:
+ | -

Superliga pley-off bosqichidan o‘rin olgan «Aral» – «Buxoro» uchrashuvi 0:1 hisobida yakunlandi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida buxoroliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

— O‘yin haqidagi fikringiz…

— Barcha buxorolik muxlislarni jamoa Superligada qolgani bilan tabriklayman. Buning uchun biz qiyin yo‘lni bosib o‘tdik. Nukusga bitta jamoa bo‘lib keldik va maqsadimiz g‘alaba qozonish edi. Kichik hisobda zafar quchdik va eng muhimi, oldimizga qo‘yilgan vazifani uddaladik.

— «Buxoro» deyarli butun o‘yinni nazorat qildi. Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik qanday olib borildi?

— Psixologik tomondan katta bosim bor edi va, avvalo, shu bosimni yengib o‘tishimiz lozim edi. Tayyorgarlikni esa odatdagidek olib bordik. Mashg‘ulotlarda alohida ish qilmadik, faqat mavsumning eng oxirgi o‘yini bo‘lgani uchun futbolchilarning jismoniy holatini ushlab turishga harakat qildik. Mavsum davomida bir qancha o‘yinlar o‘tkazdik — g‘alabali ham, qiyin uchrashuvlar ham ko‘p bo‘ldi. Ushbu mavsum uchun barchaga rahmat aytaman.

Manba: https://t.me/FKBUXORO04
Kiritildi: 21:42, 16.12.2025.
O'qildi: 781 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик