"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning Ispaniya Kubogidagi g‘alabadan keyingi matbuot anjumani juda qisqa bo‘ldi.
Kataloniyaliklar safarda "Deportivo Gvadalaxara" jamoasini 76- va 90-daqiqalarda Andreas Kristensen hamda Markus Reshfordning kiritgan gollari evaziga mag‘lub etdi. Bellashuv yarim soatlik kechikish bilan boshlandi va murabbiyning o‘yindan keyingi jurnalistlar bilan suhbatini qisqartirishga to‘g‘ri keldi. Barca Universal xabariga ko‘ra, Flik matbuot anjumanida bor-yo‘g‘i uchta savolga javob bergan. Bu vaqtda "ko‘k-anorranglilar" futbolchilari allaqachon klub avtobusida murabbiyni kutib turishgan edi.
21 dekabr, yakshanba kuni "Barselona" La Liga doirasida "Vilyarreal" mehmoni bo‘ladi.













