Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Neftchi» murabbiylar shtabiga argentinalik mutaxassis qo‘shildi

«Neftchi» murabbiylar shtabiga argentinalik mutaxassis qo‘shildi

Baho:
+ | -

«Neftchi» futbol klubida murabbiylar shtabi izchil ravishda kuchaytirilib borilmoqda. Klubning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi doirasida argentinalik mutaxassis Fakundo Stik jamoaga jalb qilinib, tahlilchi murabbiy lavozimida ish boshladi.

Mutaxassis bevosita bosh murabbiy Islombek Ismoilovning yordamchisi sifatida faoliyat olib boradi. U bosh murabbiy bilan birgalikda jamoaning taktik modeli, o‘yin falsafasi va raqiblarga qarshi strategiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Fakundo Stik 1993 yilda Italiyada tug‘ilgan va Argentinada yashab kelgan, mutaxassis  shu kungacha  Gresiyaning «Panatinaikos» klubida mashhur murabbiy Diyego Alonso murabbiylar shtabida tahlilchi murabbiy lavozimida ishlab kelgan, shuningdek mutahassis Malta terma jamoasini turli yoshdagi jamoalarida ham faoliyat yuritib kelgan.

Bungacha «Neftchi» jamoasi murabbiylar shtabida bosh murabbiy Islombek Ismoilovga yordamchi sifatida bir qator mutaxassislar faoliyat boshlagan edi. Xususan:

Yurgen Gede (Germaniya) — yordamchi murabbiy;

Antonio Sariogli — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy;

Vitaliy Galat — darvozabonlar murabbiyi.

Mazkur mutaxassislarning murabbiylar shtabiga qo‘shilishi jamoaning tayyorgarlik jarayonlari, taktik va jismoniy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Endilikda Fakundo Stikning tahlilchi murabbiy sifatida shtabga kelib qo‘shilishi bilan Islombek Ismoilov boshchiligidagi murabbiylar jamoasi to‘liq shakllandi va yangi mavsumga puxta hozirlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 21:30, 17.12.2025.
O'qildi: 1401 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик