"Manchester Siti" g‘alabali seriyasini uzaytirdi.
Pep Gvardiola jamoasi Angliya Liga Kubogi 1/4 finalida o‘z maydonida "Brentford"ni mag‘lub etdi (2:0).
Bu mankunianliklarning barcha turnirlardagi ketma-ket oltinchi g‘alabasi. "Shaharliklar" so‘nggi marta 25 noyabr kuni Chempionlar ligasida "Bayer"ga (0:2) yutqazgan edi.
20 dekabr kuni "Siti" APLning 17-turida "Vest Xem"ni qabul qiladi.













