Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Transfermarkt: Shomurodovning narxi o‘zgarmadi, Fayzullayevniki pasaydi

Transfermarkt: Shomurodovning narxi o‘zgarmadi, Fayzullayevniki pasaydi

Baho:
+ | -

Transfermarkt portali Turkiya Superligasida to‘p surayotgan futbolchilarning transfer qiymatlarini yangiladi.

Yangilanish yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning narxi o‘zgarishsiz qoldi. «Istanbul Bashakshehir» safidagi samarali o‘yinlariga qaramay, 30 yoshli forvardning transfer qiymati hanuz 5 million yevroni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori joriy yil iyul oyi boshida italiyalik «Roma» klubidan ijara asosida Turkiya jamoasiga o‘tgan edi. U «Istanbul Bashakshehir» safida o‘tkazgan 16 ta uchrashuvda 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Ayni paytda Shomurodov Turkiya chempionatining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda «Istanbul Bashakshehir» yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevning transfer qiymati 1 million yevroga pasaydi va hozirda u 7 million yevroni tashkil etmoqda.

22 yoshli futbolchi joriy yil iyul oyi oxirida SSKAdan Turkiya jamoasi safiga qo‘shilgan edi. Ushbu transfer 8 million yevro deb baholangan. Fayzullayev «Istanbul Bashakshehir» tarkibida bor-yo‘g‘i 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Avgust oyidan noyabr oyi oxirigacha futbolchi jarohat sabab maydonga tushmadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasiga italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri esa Fayzullayev birorta ham rasmiy uchrashuvda ishtirok etgani yo‘q.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:25, 18.12.2025.
O'qildi: 1575 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик