Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Oleksandr Usikning Qrimdagi mol-mulki tortib olindi

Oleksandr Usikning Qrimdagi mol-mulki tortib olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Ukrainalik bokschi Oleksandr Usikning Qrimdagi mol-mulki musodara qilindi. Bu haqda Qrim Davlat kengashi spikeri Vladimir Konstantinov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Konstantinovning aytishicha, Kiyev bilan hamkorlik qilgan va bir vaqtning o‘zida Qrim hududida daromad topib kelgan 84 nafar jismoniy va yuridik shaxsga tegishli mol-mulk musodara qilingan. Ular orasida sobiq mutlaq jahon chempioni, ukrainalik bokschi Oleksandr Usik ham bor.

Qayd etilishicha, Usik Rossiya tomonidan boshlangan urushni bir necha bor ochiq tanqid qilgan hamda Ukraina Qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun mablag‘ yig‘ish tadbirlarini tashkil etgan. Uning ushbu harakatlari ortidan 2022 yil aprel oyida Simferopol shahar kengashi (Qrim) uni shahar faxriy fuqarosi unvonidan mahrum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Oleksandr Usik 20 iyul kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida britaniyalik Daniel Dyubuani mag‘lub etib, ikkinchi bor super og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylandi. 38 yoshli bokschi WBC, WBA va WBO kamarlari bilan birga IBF chempionlik titulini ham qo‘lga kiritdi. Noyabr oyida esa Usik WBO kamaridan voz kechib, mutlaq chempion unvonini yo‘qotdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:31, 19.12.2025.
O'qildi: 1144 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик