Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

O‘tkir Yusupov: “Ruhiy bosimlar sababli faoliyatimni yakunlashga ham tayyor edim”

O‘tkir Yusupov: “Ruhiy bosimlar sababli faoliyatimni yakunlashga ham tayyor edim”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Navbahor” klubi darvozaboni O‘tkir Yusupov “90 minut” loyihasiga bergan intervyusida faoliyatini yakunlashga tayyor bo‘lgan davri, Yevropa va O‘zbekistonda darvozabonlarga bo‘lgan munosabat, shuningdek, tanqidlar ortidagi ruhiy bosim haqida gapirdi.

Yusupovning ta’kidlashicha, Yevropa futbolida darvozabonlarga bo‘lgan ishonch va barqarorlik muhim omil hisoblanadi.

“Evropada darvozabonlar doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi. Masalan, Germaniyada Manuel Noyer asosiy darvozabon, biroq ikkinchi posbon Ter-SHtegen ham unga bemalol raqobat qila oladi. Shunga qaramay, har bir xatodan keyin darvozabonni almashtirishmaydi”, dedi Yusupov.

Milliy terma jamoa posboni O‘zbekistonda bu boradagi yondashuv boshqacha ekanini qayd etdi.

“Bizda klublarda ham shunday holat ko‘p uchraydi: darvozabon xato qilsa, keyingi bahsda boshqasi maydonga tushadi. Bu esa himoyachi va darvozabon o‘rtasidagi kommunikasiyaning yo‘qolishiga olib keladi. Himoyachi va darvozabon bir-birining harakatlarini to‘g‘ri tushunishi juda muhim”, deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, Yusupov faoliyatidagi eng og‘ir pallalardan biri Jahon chempionati saralash bosqichiga to‘g‘ri kelganini ma’lum qildi.

“Turkmaniston va Eronga qarshi uchrashuvlarda yaqin burchakdan gol o‘tkazib yuborgandim. Shundan keyin tanqidlar ko‘paydi va hatto faoliyatimni yakunlashga ham tayyor edim”, dedi darvozabon.

Uning ta’kidlashicha, ushbu vaziyatda murabbiylar va yaqinlarining qo‘llab-quvvatlashi muhim rol o‘ynagan.

“Faoliyatimni yakunlash haqida haqda Botirali Ergashevga aytdim, u menga dalda berdi. Darvozabonlar murabbiyi Nihad Pejkovich esa xatolarni unutishim kerakligini, eng muhimi jamoa g‘alaba qozonishi ekanini aytdi. Yaqinlarim ham gap-so‘zlarga e’tibor bermay, o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlashimni maslahat berishdi”, deya so‘zlarini yakunladi Yusupov.

Ma’lumot uchun, O‘tkir Yusupov 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichini doirasidagi 16 ta uchrashuvning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushdi va ularning 10 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Qolgan 6 ta uchrashuvda esa 11 ta gol o‘tkazib yubordi. 2-saralash bosqichi doirasidagi KXDRga qarshi kechgan har ikki bahsda penaltilarni bartaraf etdi va O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixda ilk bor mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishida munosib hissa qo‘shdi.

Avvalroq, O‘tkir Yusupov bir yarim yillik tanaffusdan so‘ng yana “Navbahor”ga qaytgani xabar qilingan edi. Bunga qadar 33 yoshli darvozabon Eronning “Fulad” klubida 2024 yil iyul oyidan buyon faoliyat yuritayotgan edi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, o‘sha vaqtda “Fulad” Yusupov uchun Namangan klubiga 300 ming yevro to‘lagan.

Yusupov 2019–2024 yillar davomida ham “Navbahor” safida harakat qilgan. Shuningdek, u “Mash’al”, “Nasaf”, “Neftchi” va “Qo‘qon-1912” klublarida faoliyat yuritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:16, 19.12.2025.
O'qildi: 1405 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.