Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Argentinalik yulduz «Real» uchun «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi» va «Arsenal» takliflarini rad etdi

Argentinalik yulduz «Real» uchun «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi» va «Arsenal» takliflarini rad etdi

Baho:
+ | -

"Komo" yarim himoyachisi Niko Pas "Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi" va "Arsenal" takliflarini rad etdi, deya xabar bermoqda TEAMTalk.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli argentinalik futbolchi o‘zi tarbiyalangan "Real"ga qaytishni istamoqda. Qayd etilishicha, madridliklar xavbekda kelajakni ko‘rmoqda va 2026 yilning yozida uni sotib olishga tayyor.

Bu mavsumda Pas barcha musobaqalarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Italiya klubi bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 55 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 05:18, 20.12.2025.
O'qildi: 2938 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик