Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

UEFA falastinliklarni kamsitgani uchun Isroil klubini jarimaga tortdi

UEFA falastinliklarni kamsitgani uchun Isroil klubini jarimaga tortdi

Baho:
+ | -

UEFA Isroilning “Makkabi Tel-Aviv” klubini muxlislar tomonidan yo‘l qo‘yilgan irqchilik va kamsituvchi harakatlar sabab jazoladi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, voqea Yevropa Ligasi doirasidagi “Shtutgart” hamda “Makkabi Tel-Aviv” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv vaqtida sodir bo‘lgan. Uchrashuv 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan va unda nemis klubi 4:1 hisobida g‘alaba qozongan. O‘yindan keyin ayrim isroillik muxlislari tomonidan haqoratomuz va millatlararo nizolarni keltirib chiqaruvchi shiorlar aytilgani qayd etilgan.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, bir qancha muxlislar falastinliklar va arab millatiga qarshi haqoratli iboralar ishlatgan. Shuningdek, ba’zi muxlislar Germaniya hamda Yevropaning ko‘plab davlatlarida taqiqlangan nasistik ishoralar qilgani ham aytilgan. Qolaversa, Germaniya polisiyasi o‘yin paytida pirotexnika ishlatgan olti nafar isroillik muxlisni qo‘lga olgan.

UEFA mazkur xatti-harakatlarni intizomiy reglamentning 16-moddasiga muvofiq “irqchilik va kamsitish” sifatida baholadi va klubni 20 ming yevro jarimaga tortdi. Shuningdek, tashkilot “Makkabi Tel-Aviv”ning navbatdagi safar o‘yinida isroillik muxlislarga chipta sotilmasligi bo‘yicha qaror qabul qildi. Hozircha Isroil klubi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.

Ma’lumot uchun, “Makkabi Tel-Aviv” klubi Yevropa Ligasi guruh bosqichi 6-turidan keyin 1 ochko to‘plagan holda oxirgi o‘rinlardan birini egallab turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:19, 20.12.2025.
O'qildi: 846 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик