"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot anjumanida vinger Rafinyaning FIFA tomonidan 2025 yil ramziy terma jamoasiga kiritilmaganiga izoh berdi. Flik bunday vaziyatdan g‘azabda.
"FIFAdan eng yaxshi o‘yinchilar terma jamoasi - bu shunchaki kulgili. Rafinya Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Bu kulgili. Rafinyaning ta’siri eng muhimi edi. Bu shunchaki kulgili, chin so‘zim. U yerda Rafaning yo‘qligiga ishongim kelmayapti. O‘tgan mavsumdan keyin Rafinya 100 foiz u yerda bo‘lishga loyiq edi," - degan Flik jurnalistlarga.
21 dekabr, yakshanba kuni "Barselona" Ispaniya chempionatida "Vilyarreal" mehmoni bo‘ladi.













