Angliya chempionatida APL o‘n yettinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda, "Lids" "Kristal Pelas"ni yirik hisobda (4:1) mag‘lub etgan bo‘lsa, Dominik Kalvert-Lyuin ikkita gol urib, g‘alabaning asosiy sababchilaridan biriga aylandi.
"Everton"dan o‘tgan yozda jamoaga kelgan hujumchi Angliya chempionati doirasida ketma-ket beshta o‘yinda gol urmoqda, bu seriya noyabr oyida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda boshlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, "Lids"ning APLda ketma-ket beshta o‘yinda gol urgan so‘nggi futbolchisi 2003 yilda avstraliyalik Mark Viduka bo‘lgan. Angliya chempionatining navbatdagi, o‘n sakkizinchi turida "Lids" safarda "Sanderlend" mehmoni bo‘ladi.













