Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Keyn Bundesligada yangi rekord o‘rnatib, Robben natijasini ortda qoldirdi

Keyn Bundesligada yangi rekord o‘rnatib, Robben natijasini ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Bundesliganing 15-turi doirasida «Xaydenxaym»ga qarshi o‘yinda (4:0) gol urib, Germaniya chempionatida yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda myunxenliklar klubining rasmiy sayti xabar berdi.

Shu tariqa, britaniyalik futbolchining Bundesligada «gol+pas» tizimi bo‘yicha jami 100 (81 gol + 19 assist) ochkosi mavjud. Ushbu ko‘rsatkichga yetish uchun Keynga 78 ta o‘yin kifoya qildi — bu esa 2004/2005 yilgi mavsumdan buyon statistika yuritila boshlaganidan beri eng yaxshi natija hisoblanadi. Ilgarigi rekord Aryen Robbenga tegishli bo‘lib, u bunga 119 ta o‘yinda erishgan edi.

Xarri Keyn «Bavariya»ga 2023 yil yozida «Tottenxem»dan ko‘chib o‘tgan. Joriy mavsumda u Bundesligada myunxenliklar safida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Chempionlar ligasida Keyn 6 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol muallifi bo‘ldi. Shuningdek, Germaniya Kubogida 5 ta, mamlakat Superkubogida esa 1 ta gol uning hisobida bor.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:13, 22.12.2025.
O'qildi: 1377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик