Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nevill: «U gol urishi shart edi»

Nevill: «U gol urishi shart edi»

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning mashhur sobiq himoyachisi Gari Nevill "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda hujumchi Mateus Kunyaning xatoga yo‘l qo‘ygani haqida gapirdi.

"Qizil iblislar" yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Premyer-liga bahsida mag‘lubiyatga uchradi - 1:2. Uchrashuvning 67-daqiqasida braziliyalik futbolchi hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq u qulay vaziyatdan darvozaga aniq zarba bera olmadi.

"Yo Xudoyim... Bu xatodan yomonroq narsa topish qiyin. U gol urishga majbur edi. Mauntning ajoyib uzatmasi, Dorguning ajoyib krossi. Kunya aniq zarba berishi qolgandi. Uning bahonasi yo‘q. U gol urishi kerak edi," - dedi Sky Sports eksperti.

Aynan Mateus Kunya "Yunayted"ning Birmingemdagi yagona goliga mualliflik qildi - u birinchi bo‘lim oxirida o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:13, 22.12.2025.
O'qildi: 1046 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик