Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Ravshan Haydarov Osiyo kubogi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Ravshan Haydarov Osiyo kubogi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston U-21 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo kubogi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tayyorgarlik haqida

— 7 dekabr sanasidan boshlab Toshkentda Osiyo kubogi oldidan dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bordik. 28 nafar futbolchilarni jalb etib, mashg‘ulotlar o‘tkazdik. Futbolchilar har xil mavsum o‘tkazishdi, kimdirlar yig‘inga kechroq yetib keldi, umuman olganda, barchaning imkoniyatlarini ko‘rib, sinovdan o‘tkazib bordik.

Yig‘inning keyingi qismi Qatarda davom ettiriladi. U yerda ham Iordaniya va Qatar U-23 terma jamoalariga qarshi so‘nggi nazorat o‘yinlarini o‘tkazamiz. Shunday keyin Osiyo kubogiga yo‘l olamiz.

Olimpiya yoshidagi futbolchilar haqida

— Murabbiylar kengashi, shuningdek, avvalgi tajribalarimizdan kelib chiqqan holda musobaqada 2005, 2006 va undan kichik futbolchilar (Olimpiya yoshi) bilan ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Bu albatta sinovdan o‘tgan tajriba, avvalgi turnirlarda ham shu tizimda ishtirok etdik.

2003 va 2004 yillarda tug‘ilgan futbolchilar hozirda klublarida o‘z o‘rnini topishgan, Osiyo kubogida chempion bo‘lishdi, Jahon chempionatida o‘ynashdi. Qolaversa, ular MTJ ga ham jalb etib borilmoqda. Shu sababli, U-23 musobaqasiga 2 yosh kichik futbolchilardan tarkib topgan jamoa bilan boramiz.

Oldinda turgan vazifa haqida

— Albatta, har doim o‘z oldimizga katta maqsad qo‘yamiz. Chunki bu musobaqada reytingimiz ancha baland. Chempion bo‘lganmiz va so‘nggi 2 ta musobaqada finalga chiqdik. Shu sababli ham o‘z oldimizga yuqori maqsad qo‘yib, musobaqaga yo‘l olyapmiz.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 16:45, 22.12.2025.
O'qildi: 1324 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.