Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Shodiyor Shodiboyev: "O‘tgan mavsumdan qoniqish hosil qilmadim"

Shodiyor Shodiboyev: "O‘tgan mavsumdan qoniqish hosil qilmadim"

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» hujumchisi Shodiyor Shodiboyev klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Yangi mavsum uchun boshlangan tayyorgarlik qanday ketmoqda?

— Tayyorgarlikni katta tempda boshladik. Hozircha asosiy e’tibor jismoniy holatni oshirishga qaratilgan. Yanvar oyida bizni ajoyib tayyorgarlik kutmoqda. Har xolda Superligada o‘ynash uchun katta kuch kerak bo‘ladi. Biz barcha holatga tayyor bo‘lib kirmoqchimiz.

— O‘tgan mavsum biz uchun barchasi kechroq yakunlandi. Vazifani bajarish kechikkani sabablari nimada?

— Ha, biz vazifani ertaroq bajarib, ko‘ngilni xotirjam qilmoqchi bo‘lgandik. Lekin chempionlik so‘nggi turdagina hal bo‘ldi. Mavsumning og‘ir o‘tganini, jamoalarning soni va o‘yinlar kamligini hisobga olsak, hammamiz ham holatning bunday bo‘lib ketishini kutmagandik. Lekin biz mavsumni peshqadam sifatida yakunlashimizga 100 foiz ishongandik. Muhimi vazifa uddalandi.

— Ushbu mavsumda 22 o‘yinda 6 gol va 1 assist qayd etdingiz. Keyingi mavsum o‘zingizdagi qanaqa talablarni yanada kuchaytirmoqchisiz?

— 6 gol va 1 assist hujumchi uchun juda kam. Bu o‘tish yili bo‘ldi. Endi keyingi mavsum uchun rejalarimni kuchaytiraman. Jamoamga ko‘proq foydam tegishiga, gollar urib, g‘alabalar keltirishga intilaman.

— Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

— 2026 yil istalgan jamoa uchun qiyin o‘tadi. Buni barcha futbol muxlislari bilib turibdi. Jamoalar istalgan raqiblariga raqobat taklif qiladi, kuchsiz jamoaning o‘zi bo‘lmaydi. O‘z navbatida biz ham sovrinli o‘rinlar uchun o‘ynaymiz. Barchani oldinda qiziq mavsum kutmoqda.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 17:15, 22.12.2025.
O'qildi: 508 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.