Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Javohir Ummataliyev va Fazliddin Erkinboyev dunyoning eng yaxshi bokschisi bo‘lish uchun nomzod

Javohir Ummataliyev va Fazliddin Erkinboyev dunyoning eng yaxshi bokschisi bo‘lish uchun nomzod

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Javohir Ummataliyev hamda Fazliddin Erkinboyev 2025 yilning eng yaxshi bokschisi bo‘lish uchun nomzodlar qatoridan o‘rin oldi.

Har ikki charm qo‘lqop ustasi joriy yil sentyabr oyida Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida bo‘lib o‘tgan World Boxing Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Yilning eng yaxshi bokschisi bo‘lish uchun nomzodlar:

Javohir Ummataliyev (O‘zbekiston)
Fazliddin Erkinboyev (O‘zbekiston)
Luis Oliveyra (Braziliya)
Yuri Falkao (Braziliya)
Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston)

Nomzod bokschilarning 2025 yildagi asosiy natijalari

Javohir Ummataliyev joriy yil davomida World Boxing tomonidan tashkil etilgan xalqaro musobaqalarda, shuningdek, Jahon chempionatida g‘alaba qozonib, o‘z vazn toifasida (-80 kg) eng barqaror bokschilardan biri sifatida e’tirof etildi. Uning texnik tayyorgarligi va janglarni ishonchli yakunlashi mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.

Fazliddin Erkinboyev 2025 yilda o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, bir nechta muhim g‘alabalarga erishdi. U -75 kg vazn toifasida kuchli raqiblarga qarshi janglarda ishonchli tarzda harakat qildi va Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi. U World Boxing reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Ushbu natijalar uni yilning eng yaxshi bokschisi nominasiyasiga olib chiqdi.

Shuningdek, ro‘yxatda braziliyalik bokschilar — Luis Gabriel Oliveyra hamda Yuri Falkao ham bor. Har ikki charm qo‘lqop ustasi Jahon chempionati kumush medalini qo‘lga kiritgan. Oliveyra -60 kg vazn toifasida finalga qadar yetib borib, hal qiluvchi bahsda Abdumalik Halokovga imkoniyatni boy bergan edi. Falkao esa -67 kg vaznda ringga ko‘tarilgan va Jahon chempionati finalida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevga mag‘lub bo‘lgan.

Bundan tashqari, qozog‘istonlik amaldagi Jahon chempioni Mahmud Sabirxan (-54 kg) yilning eng yaxshi bokschisi bo‘lish uchun asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:05, 22.12.2025.
O'qildi: 1613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик