Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Abbosbek Fayzullayev: «Shomurodov bilan birga o‘ynash va maydonda birga to‘p tepish juda yoqimli»

Abbosbek Fayzullayev: «Shomurodov bilan birga o‘ynash va maydonda birga to‘p tepish juda yoqimli»

Baho:
+ | -

Turkiyaning "Bashakshehir" klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev "Gaziantep"ga qarshi o‘yinda bitta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi. O‘yindan so‘ng u mahalliy matbuotga intervyu berdi.

— Abbos, sen assistlar va gollardan zavq olayotgandek ko‘rinasan. Bugun yaxshi assistlar qilding va ajoyib gol ham urding.

— Gol urib, jamoaga g‘alaba qozonishda yordam berganimdan xursandman. Bu tanaffus oldidan juda muhim o‘yin edi va ta’tilga uch ochko hamda gol bilan chiqishdan juda mamnunman. Gol urib, jamoaga yordam berish men uchun katta baxt.

— So‘nggi haftalarda ajoyib o‘yin ko‘rsatding. Hozirgi formangni qanday baholaysan?
— Rostini aytsam, avvaliga hammasi men istagandek ketmadi. Transfer paytida ayrim muammolar bo‘ldi va jarohat ham oldim. Lekin hozir shuni ayta olamanki, holatim ancha yaxshilandi. Murabbiy va jamoa menga ishonch bildirdi. Hamma ishondi va oxirgi to‘rt haftada juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdim.

— Hozir sen Shomurodov bilan birga o‘ynayapsan. Sen va Shomurodov o‘zbek futbol muxlislari orasida katta hurmatga egasiz. Bu senga qanday hissiyot beradi?
— U bilan birga o‘ynash va maydonda birga to‘p tepish juda yoqimli. U juda tajribali futbolchi, men esa bolaligimdan uni kuzatib ulg‘ayganman. U bilan birga o‘ynayotganimdan xursandman, u menga moslashishda juda katta yordam beryapti. Biz bir-birimizga yaqin joyda yashaymiz, bu ham menga ancha qo‘l keladi. Men uni kuzatib ulg‘ayganman, u menga juda ko‘p yordam beradi. Biz bir-birimizga yaqin yashaymiz va munosabatlarimiz yaxshi.

— O‘zbek futbol muxlislari haqida nima deya olasan?
— Ular juda e’tiborli va bizga kuchli qo‘llab-quvvatlashdi. Xalqimiz xorijda o‘ynayotgan futbolchilarni ham, mamlakat ichida o‘ynayotganlarni ham doimo qo‘llab-quvvatlab keladi. Muxlislarimizdan katta yordam olamiz va biz ularni xursand qilishdan baxtiyormiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:36, 23.12.2025.
O'qildi: 1369 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик