Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 01:00 Atletik Bilbao 1-2 Espanyol
23/12 01:00 Fulhem 1-0 Nottingem Forest
23/12 21:00 As-Sadd 4-2 Shabab al-Ahli
23/12 23:15 Al-Ittihod 1-0 Nasaf

IBA prezidenti Shumkov — Halokov jangi bo‘yicha chiqarilgan qaror haqida: “Hammasi adolatli bo‘ldi”

IBA prezidenti Shumkov — Halokov jangi bo‘yicha chiqarilgan qaror haqida: “Hammasi adolatli bo‘ldi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov Jahon chempionati finalida yuz bergan mojaroli holat — “quloq tishlash” epizodi bo‘yicha tashkilotning chiqargan qaroriga o‘z munosabatini bildirdi.

“Bu jangi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu bahsda Shumkov g‘alaba qozondi. Hakamlar to‘g‘ri qaror chiqardi. Biroq uchinchi raundning uchinchi daqiqasida Shumkov tomonidan Halokovning qulog‘ini tishlashga urinish sodir bo‘ldi. Bu boksda taqiqlangan holat. Ammo bu epizod jang natijasiga ta’sir qilmagan, shuning uchun na bokschi, na murabbiy, na jang davomida, na undan keyin hech qanday shikoyat bildirmadi. Tartib-intizom va etika qo‘mitasi vaziyatni chuqur tahlil qildi. Jang natijasi bo‘yicha hech qanday shubha yoki e’tiroz bo‘lishi mumkin emas: Shumkov bu jangda haqqoniy ravishda g‘alaba qozondi.

Biroq Shumkovning Halokovning qulog‘ini tishlagan harakatini hech kim, shu jumladan men ham oqlamayman. Bu noto‘g‘ri xatti-harakat va bunday xatolarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Vaziyat jang natijasiga ta’sir qilmagan, murabbiylar va bokschilar tomonidan e’tiroz bildirilmagan, shuning uchun natija ekspertlar tomonidan o‘z kuchida qoldirildi. Shu bilan birga, Shumkovga berilgan mukofotining 50 foizi jarimaga yo‘naltiriladi.

Takror aytaman, bunday holatlarni qoralaymiz. Bizning pozisiyamiz bu borada aniq. Kelajakda ushbu ikki bokschi o‘rtasida revanh jangi o‘tkazamiz. O‘rtaga IBA chempionlik kamari qo‘yiladi. Jang sakkiz raunddan iborat bo‘ladi va kim kuchli ekanini ring ko‘rsatadi. Bokschilarning jamoalaridan taklifga javob kutamiz”, dedi IBA prezidenti Umar Kremlyov o‘zining Instagram sahifasida.

​Ma’lumot uchun, avvalroq IBA ushbu holat bo‘yicha rasmiy qaror qabul chiqargan edi. Unga ko‘ra, ushbu holat tasodifiy deb topilgan va jang natijasiga ta’sir ko‘rsatmagan. Shu sababli final bahsining natijasi o‘zgarmasdan qoldirilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:55, 23.12.2025.
O'qildi: 943 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.