Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

«Al-Ahli» bosh murabbiyi: «Andijon» musobaqa davomida kuchli jamoaligini ko‘rsatdi»

«Al-Ahli» bosh murabbiyi: «Andijon» musobaqa davomida kuchli jamoaligini ko‘rsatdi»

Baho:
+ | -

OCHL-2 turniri 6-turi doirasida o‘tkaziladigan «Al-Ahli» — «Andijon» uchrashuvi oldidan «As-Sumama» stadionida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda dastlab mezbonlarning yangi bosh murabbiyi Yunus Ali va futbolchi Ibrohim Diallo qatnashdilar.

Yunus Ali: — «Andijon»ga qarshi biz uchun muhim o‘yin. Guruhdagi barcha uchrashuvlar singari jiddiy. So‘nggi ikki hafta davomida ushbu bahsga puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Nimalarga qodirligimizni ko‘rsatishni xohlaymiz. «Andijon» ham musobaqa davomida o‘zini qanaqa kuchga egaligini namoyish eta oldi va kuchli jamoaligini ko‘rsatdi. Ularning o‘yin uslubi ham yaxshi shakllangan. Bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. To‘liq kuch bilan yondashishimiz talab etiladi.

Ibrohim Diallo: — Bu o‘ziga yarasha qiyin o‘yin bo‘ladi. Mavsum o‘rtasida katta pauza yuzaga keldi. Biz ikki haftadan beri rasmiy uchrashuvlarni o‘ynayotganimiz yo‘q. Shu sababli bizga biroz qiyinroq bo‘ladi. Murabbiy tayinlanishiga kelsak, bu futbolda bo‘lib turadigan jarayon. Mavsum o‘rtasida murabbiy almashdi. O‘rtadagi tanaffusni hisobga olsak, bu xuddi yangi mavsum boshlanayotgandek. Tayyorgarlik ko‘rishga imkoniyat bo‘ladi. Jamoa ichidagi muhit yaxshi, deb ayta olaman. Yangi murabbiy ish boshlaganidan jamoa xursand. Ushbu bellashuvga imkon qadar yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishga harakat qildik.

— «Andijon» jamoasining o‘yin uslubi haqida nima deya olasiz? Qaysi jihatlariga ko‘proq e’tibor qaratish kerak?

Yunus Ali: — «Andijon» jamoasining o‘yinlarini ko‘rib chiqdik. Shunga amin bo‘ldikki, ular ancha tartibli o‘yin ko‘rsatishadi. Imkon qadar maydon bo‘ylab tartibli o‘ynashga harakat qilishadi. Standart vaziyatlardan o‘yin masalasini hal qilishga ham intilishadi. Ushbu vaziyatlarga jiddiy e’tibor qaratadi. Shu tomonlama ham «Andijon» xavfli. Biz raqibning kuchli tomonlarini yaxshilab o‘rganib chiqib, ularni bartaraf etishga harakat qilamiz.

— Tarkibda jarohat olgan o‘yinchilar bormi?

Yunus Ali: — Bizda jarohatlar yo‘q. Oxirgi o‘yindan oldingi mashg‘ulotni a’lo kayfiyatda tugatdik. Xayriyatki, jarohatlar kuzatilmadi. Ertangi uchrashuvga biz to‘liq kuch va tarkib bilan maydonga chiqamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:39, 24.12.2025.
O'qildi: 1271 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик