Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Igor Sergeev faoliyatini “Sepahon” klubida davom ettiradi

Igor Sergeev faoliyatini “Sepahon” klubida davom ettiradi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeev klubni tark etib, Eronning “Sepahon” jamoasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Narzulla Saydullayev o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Sergeev Superliganing 2025 yilgi mavsumi to‘purari bo‘ldi. 32 yoshli futbolchi chempionat davomida 20 ta gol hamda 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

E’tiborlisi, Igor Sergeev oradan 10 yil o‘tib, yana Superliga to‘purari bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. U 2015 yilda 24 ta gol bilan mavsumning eng yaxshi to‘purari sifatida e’tirof etilgandi.

Futbolchi faoliyati davomida 5 karra O‘zbekiston chempioniga aylangan. Shuningdek, u “Paxtakor” bilan 3 marta O‘zbekiston kubogini ham qo‘lga kiritgan. Keyinchalik, faoliyatini Qozog‘istonning “Tobol” klubida davom ettirgan va ushbu jamoa bilan mamlakat chempionati va kubogida g‘alaba qozongan.

Ayni vaqtda, Eron Pro ligasida 3 nafar o‘zbekistonlik futbolchi — Jaloliddin Masharipov (“Istiqlol”), Oston O‘runov (“Persepolis”) va Odiljon Hamrobekov (“Traktor”) faoliyat yuritmoqda.

Transfermarkt nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Igor Sergeevning ayni vaqtdagi transfer narxi 1,2 million yevroni tashkil etadi.

“Sepahon” klubi Eron Pro ligasining joriy mavsumida 14 ta o‘yindan so‘ng 30 ochko jamg‘argan va musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:05, 24.12.2025.
O'qildi: 2340 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик