Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Zeedorf APLda o‘ynashi mumkin bo‘lgan ikki klub nomini aytdi

Zeedorf APLda o‘ynashi mumkin bo‘lgan ikki klub nomini aytdi

Baho:
+ | -

"Milan" klubi va Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Klarens Zeedorf Angliya chempionati jamoalariga amalga oshmagan transferlar haqida gapirdi.

"Menga bir necha bor Premyer-liga jamoalari qiziqish bildirishdi. "Ayaks"dan ketganimdan keyin "Manchester Yunayted" va "Arsenal"dan takliflar bo‘lgandi. Bu ikki jamoa "Sampdoriya"dan ketgach, "Real"ga o‘tishimdan oldin ham menga qiziqish bildirishgandi. "Real"dan ketganimdan so‘ng "Inter"ni tanladim, "Arsenal" va "Manchester Yunayted" menga yana takliflar yubordi.

Balki meni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan APLning boshqa klublari ham bo‘lgandir. Lekin o‘sha paytda Italiya chempionati bugungi APL kabi mashhur joy edi. Afsuski, Angliyada o‘ynay olmadim. Ammo bu holatda faoliyatim qanday kechishini hech kim bilmaydi," - deya Zeedorfning so‘zlarini keltiradi Prime Video Sport.

Klarens Zeedorf faoliyati davomida "Ayaks", "Sampdoriya", "Real", "Inter", "Milan" va "Botafogo" klublarida o‘ynagan. Niderlandiyalik sobiq futbolchi 2014 yilda faoliyatini yakunlagan.

Kiritildi: 17:01, 25.12.2025.
O'qildi: 1172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик