Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Gvardiola chempionlik poygasi haqida gapirdi: «Men hammadan o‘n ochko oldinda bo‘lishni istardim, ammo...»

Gvardiola chempionlik poygasi haqida gapirdi: «Men hammadan o‘n ochko oldinda bo‘lishni istardim, ammo...»

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionligi uchun bo‘layotgan kurash haqida o‘z fikrini bildirdi.

Hozirgi vaqtda "shaharliklar" Premyer-liga turnir jadvalida "Arsenal"dan ikki ochko orqada, ikkinchi o‘rinda bormoqda.

"Men hammadan o‘n ochko oldinda bo‘lishni istardim, ammo vaziyat shunday. "Arsenal" juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda, lekin biz ham kurashdan chetda emasmiz. Hali dekabrning oxiri xolos. Chempionlar Ligasida ham yuqori pog‘onadamiz, Liga Kubogining yarim finaliga yetib keldik, tez orada Angliya Kubogidagi safar boshlanadi... Ba’zi asosiy o‘yinchilarimiz safga qaytmoqda, shuning uchun ko‘ramiz - qadam-baqadam, o‘yinma-o‘yin harakat qilamiz," - deya Gvardiola jurnalistlarga ma’lum qildi.

O‘tgan mavsumda "Manchester Siti" Angliya chempionatini uchinchi o‘rinda yakunlagan edi.

Kiritildi: 21:57, 26.12.2025.
O'qildi: 854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик