Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

"Arsenal" "Tottenxem" qiziqish bildirayotgan futbolchi uchun poygaga qo‘shildi

"Arsenal" "Tottenxem" qiziqish bildirayotgan futbolchi uchun poygaga qo‘shildi

Baho:
+ | -

"Arsenal" "Bryugge" yarim himoyachisi Aleksandr Stankovich transferi uchun kurashga kirishdi.

Caught Offside nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 20 yoshli futbolchiga "kanonirlar" jiddiy qiziqish bildirmoqda. London klubi murabbiylar shtabiga yosh havbekning o‘yin uslubi va yetakchilik sifatlari yoqadi.

Ammo muammo shundaki, "Inter"da 2026 yilning yozida Stankovichni 23 million yevroga qayta sotib olish varianti bor (2027 yilda summa 25 million yevroga oshadi) va milanliklar futbolchi shartnomasidagi ushbu bandni faollashtirmoqchi. Shuningdek, serbiyalik futbolchini "Tottenxem" ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Aleksandr Stankovich shu yilning yozida "Inter"dan 9 million yevro evaziga "Bryugge"ga o‘tgandi. U Belgiya jamoasi safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 13:10, 27.12.2025.
O'qildi: 699 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик