Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Rapid bo‘yicha JCH. Birinchi kundan so‘ng Sindarov yetakchilar qatorida

Rapid bo‘yicha JCH. Birinchi kundan so‘ng Sindarov yetakchilar qatorida

Baho:
+ | -

Qatarning Doha shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishida jahon chempionati start oldi. Kecha — musobaqaning ilk kunida erkaklar 5 tadan tur o‘yinlarini o‘tkazishdi.

Musobaqa formati: shaxmatchilarga jami 15 daqiqada vaqt beriladi va har bir yurishga 10 soniya qo‘shib beriladi.

Hamyurtlarimiz orasida Javohir Sindarov kecha eng yaxshi natija qayd etdi. U 5 ta o‘yinning 3 tasida g‘alaba qozonib, ikkitasida durang qayd etdi: 4 ochko va 13-o‘rin.

Muhiddin Madaminov va Nodirbek Abdusattorov 3,5 ochko jamg‘arishgan bo‘lsa, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov va Humoyun Begmurotov 2,5 ochko to‘plashdi. Nodirbek Yoqubboyev esa, kutilmaganda, yaxshi natija qayd eta olmadi  2 ochko.

Erkaklar musobaqasida 5 shaxmatchi 4,5 tadan ochko jamg‘arib, jadvalda yetakchilik qilishmoqda — Magnus Karlsen, Arjun Erigaisi, Maksim Vashe-Lagrav, Vladislav Artemiyev, Gukesh Domaradju.

Qizlar esa kecha 4 ta tur o‘yinlarida ishtirok etishdi. Afruza Hamdamova 3 ochko to‘plagan holda 22-o‘rinni egallab turibdi. Gulruhbegim Tohirjonova, Guldona Karimoa va Umida Omonova 2 ochko jamg‘arishdi.

Qizlar turnirida xitoylik Ju Jiner 4 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, yana 7 shaxmatchi hisobida 3,5 tadan ochko mavjud.

Bugun turnirda 4 tadan tur o‘yinlari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston terma jamoasining JCHda ishtirok etayotgan tarkibi

Open (erkaklar) yo‘nalishi:

Nodirbek Abdusattorov
Javohir Sindorov
Nodirbek Yoqubboyev
Shamsiddin Vohidov
Jahongir Vohidov
Muhiddin Madaminov
Muhammadzohid Suyarov
Humoyun Begmurotov

Ayollar yo‘nalishi:

Afruza Hamdamova
Umida Omonova
Gulruhbegim Tohirjonova
Nilufar Yoqubboyeva
Madinabonu Xalilova
Guldona Karimova.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:27, 27.12.2025.
O'qildi: 1871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.