Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Eriksen "Tottenxem" murabbiyini qo‘llab-quvvatladi

Eriksen "Tottenxem" murabbiyini qo‘llab-quvvatladi

Baho:
+ | -

"Volfsburg" yarim himoyachisi Kristian Eriksen Tomas Frankning "Tottenxem"dagi faoliyati haqida gapirdi.

Daniyalik murabbiy o‘tgan yozda iste’foga chiqarilgan Ange Postekoglu o‘rniga "shporlar" boshqaruviga kelgandi. So‘nggi paytlarda londonliklar unchalik ishonchli natijalar ko‘rsatmayapti, shuning uchun murabbiy tez-tez tanqid qilinmoqda.

"Muxlislar futboldan zavq olishni xohlashadi, bu esa qo‘shimcha bosim yaratadi. Gap nafaqat g‘alabalarda, balki o‘yin uslubida ham. Tomas hammasini tahlil qilib, optimal yechimni topishga harakat qiladi. Ko‘pincha aynan himoyaviy jamoalar ko‘proq sovrin yutadi, ammo "Tottenxem"ni bunday deb bo‘lmaydi," - deya Eriksenning so‘zlarini keltiradi Times Sport.

Kristian Eriksen 2013 yildan 2020 yilgacha "shporlar" safida o‘ynagan va 2022 yilda "Brentford"da hamyurti Frank bilan birga ishlagan.

Kiritildi: 08:30, 28.12.2025.
O'qildi: 445 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик