Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Ronaldu - "An-Nasr" yetakchiligi haqida: "Mavsum o‘rtasida hech kim chempion bo‘lmaydi"

Ronaldu - "An-Nasr" yetakchiligi haqida: "Mavsum o‘rtasida hech kim chempion bo‘lmaydi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

"An-Nasr" forvardi Krishtianu Ronaldu jamoaning navbatdagi ishonchli g‘alabasidan so‘ng chempionatdagi hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

11-tur doirasidagi bahsda Ar-Riyod klubi "Al-Ohdud"ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, portugaliyalikning o‘zi dubl qayd etdi. O‘tkazilgan 10 ta uchrashuvdan so‘ng "An-Nasr" ochkolarini 30 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Ronalduning ta’kidlashicha, jamoa to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilmoqda, biroq bo‘shashishga hali erta. Uning so‘zlariga ko‘ra, oldinda uzoq mavsum turibdi va hozirgi muvaffaqiyatlar yakuniy natijani kafolatlamaydi.

"Shu zaylda davom etishimiz kerak. Hech kim mavsum o‘rtasida chempion bo‘lmaydi. Biz oldinga intilishda davom etishimiz kerak," - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi A Bola.

G‘alabadan olgan ijobiy hissiyotlariga qaramay, Ronaldu keyingi o‘yinga tayyorgarlik ertasi kuniyoq boshlanishini aytdi.

Kiritildi: 08:46, 28.12.2025.
O'qildi: 1572 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик