Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Mareska "Chelsi"dan ketadi. Uning o‘rniga Alonso keladi

Mareska "Chelsi"dan ketadi. Uning o‘rniga Alonso keladi

Baho:
+ | -2

Enso Mareska katta ehtimol bilan Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyligidan ketadi. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mareska katta ehtimol bilan 30 dekabr kuni "Chelsi" ustozi sifatidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. Ingliz grandi Xabi Alonsoning "Real"dagi holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda va agar imkoniyat bo‘lsa, ispaniyalik mutaxassisni taklif qilishga tayyor. Aytishlaricha, "Real"da Alonsoga tayyor o‘rinbosar bor. Murabbiylar almashinuvi yaqin orada sodir bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, "Chelsi" o‘z maydonida "Aston Villa"ga mag‘lub bo‘lgandi. Premyer-liganing 18-turidan o‘rin olgan uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi.

Ayni damda "ko‘klar" 29 ochko bilan musobaqa jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 13:14, 28.12.2025.
O'qildi: 3729 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик