Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"MYU" himoyachisi muhim tanlovni amalga oshirdi

"MYU" himoyachisi muhim tanlovni amalga oshirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" himoyachisi Eyden Xeven kelasi yozda jahon chempionatida ishtirok etish uchun sport fuqaroligini Angliyadan Ganaga o‘zgartirmaydi.

Londonda tug‘ilgan 19 yoshli futbolchi bobosi orqali Gana terma jamoasida o‘ynash huquqiga ega va Gana futbol assosiasiyasi uning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bordi. Shu bilan birga, ganaliklar 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida Angliya, Xorvatiya va Panama bilan bir guruhdan joy oldi.

Xeven kattalar darajasida Angliya sharafini himoya qilmoqchi. U allaqachon turli yoshdagi Angliya terma jamoalarida o‘ynagan.

Oktyabr oyida himoyachi Angliya U20 terma jamoasining Shveysariyaga qarshi o‘yinida to‘pig‘idan jarohat oldi, tanaffusda almashtirildi va noyabr oyida Yaponiya terma jamoasiga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.

19 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:02, 28.12.2025.
O'qildi: 2413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик