Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

«Barselona» prezidenti Laporta bosh murabbiy Flikning ishini baholadi

«Barselona» prezidenti Laporta bosh murabbiy Flikning ishini baholadi

Baho:
+ | -

«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning faoliyati haqida fikr bildirdi. Funksionerning so‘zlari Dubayda bo‘lib o‘tgan Globe Soccer Awards marosimida yangradi. U yerda Flik 2024/2025 mavsumida La Liganing eng yaxshi murabbiyi deb topilgan edi.

«Bu — o‘z ishining haqiqiy professionali, u o‘z ishtiyoqini futbolchilarga yetkaza oladi. Xansi Flik nomidan ushbu mukofotni qabul qilish men uchun katta sharaf. Unga va butun murabbiylar shtabiga chin dildan minnatdorlik bildiraman.

Uning muvaffaqiyati asosida klubga ham, shaharga ham tez moslasha olgani yotadi. U atrofiga ajoyib bir fikrdoshlar jamoasini jamlay oldi. Xansi — ulkan ishtiyoq sohibi bo‘lgan, futbolchilarga alohida e’tibor va nozik munosabatda bo‘ladigan inson.

O‘tgan mavsum davomida biz raqiblarga kuchli bosim o‘tkazdik va ofsayd tuzog‘imiz deyarli mukammal ishladi. Hozir esa vaziyat yanada murakkab: biz La Ligada peshqadammiz va jamoa o‘tgan yilgi natijalarni takrorlash, hatto ularni ortda qoldirishga qodir, deb ishonamiz.

Chempionlar ligasida biz kerakli xulosalar chiqardik, La Ligada esa oxirgi turgacha kurashib, «Real»ni beshinchi bor mag‘lub etdik. Bu chindan ham juda tomoshabop bo‘ldi. Futbolchilar o‘z iqtidori va «Barselona»ga sadoqatini namoyon qildi», — deya Laporta so‘zlarini Mundo Deportivo keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Flik 2024 yildan beri «Barselona»ni boshqarib kelmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:01, 29.12.2025.
O'qildi: 1239 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик