Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Rasman. Miralem Pyanich futbolchilik faoliyatini yakunladi

Rasman. Miralem Pyanich futbolchilik faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

Bosniya va Gersegovina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Miralem Pyanich futbolchilik faoliyatini yakunlaganini rasman tasdiqladi.

“Men faoliyatimni yakunladim. Hozir farzandim bilan vaqt o‘tkazyapman, otalikdan zavq olyapman”, dedi Pyanich Tuttosport nashriga bergan intervyusida.

Noyabr oyida Tuttomercatoweb nashri Pyanich faoliyatini tugatishi, biroq futbol sohasida boshqa ish qilishi haqida xabar bergan edi. Manbaga ko‘ra, bosniyalik yarim himoyachi futbol agenti lisenziyasini olish uchun o‘qimoqda.

Pyanich faoliyatidagi so‘nggi klub Moskvaning “SSKA” jamoasi bo‘ldi. U 2024 yil sentyabridan 2025 yil iyunigacha “armiyachilar” safida to‘p surib, barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda ishtirok etdi. “SSKA” bilan birga Rossiya Kubogini qo‘lga kiritdi va mamlakat chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Miralem Pyanich hozir 35 yoshda. U faoliyati davomida Fransiyaning “Mes” va “Lion”, Italiyaning “Roma” va “Yuventus”, Ispaniyaning “Barselona” hamda Turkiyaning “Beshiktosh” klublarida ham to‘p surgan. U “Yuventus” safida to‘rt bor Italiya chempioni, ikki marta Italiya Kubogi va bir marta Superkubok sohibiga aylangan. “Barselona” bilan esa Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:43, 31.12.2025.
O'qildi: 1509 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.