Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Nodirbek Abdusattorov: “Magnusning imkoniyatlarini past baholadim”

Nodirbek Abdusattorov: “Magnusning imkoniyatlarini past baholadim”

Baho:
+ | -

Qatarning Doha shahrida shaxmatning rapid va blis yo‘nalishlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakunlandi. Blis bo‘yicha jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov final uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Natijamdan juda xursandman. Saralash bosqichida tay-breklar masalasida ham omad kuldi. Eng muhimi, Top-4 ishtirokchilar qatoriga kirishning o‘zi katta yutuq. Finalga chiqqanimdan mamnunman va oxirigacha bor kuchimni berdim. Rostini aytsam, g‘alabaga juda oz qoldi”, dedi Abdusattorov.

Shuningdek, Nodirbek pley-off formati haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning fikricha, 8 nafar shaxmatchi pley-offga chiqqanida musobaqa yanada qiziqarliroq bo‘lardi:

“Menimcha, pley-off bosqichiga 8 nafar shaxmatchi chiqqanida, bellashuvlar yanada qiziqarliroq bo‘lar edi. Sababi top-4 tizimi ba’zan juda keskin va bir oz tasodifiy bo‘ladi”.

Finaldagi burilish nuqtalari haqida esa Nodirbek ochiq gapirdi:

“O‘zimni yaxshi his qilayotgandim. Ikkinchi o‘yinda Magnusning imkoniyatlarini past baholadim. O‘yin durang bilan yakunlanishi mumkin edi, lekin raqib juda aniq o‘ynadi. Oxirgi o‘yinda ham vaziyat keskin edi: tashabbus uchun piyoda qurbonlik qildim, ammo keyin qanday yo‘l tutishni bilmadim. Endshpil menga bir oz qiyinroq edi va u oxirida o‘z imkoniyatidan foydalandi. Magnusni tabriklayman”.

​Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov yarim final bahslarida 15 ochko bilan 1-o‘rinda yakunlagan hindistonlik Arjun Erigaisiga qarshi bahs olib bordi. O‘zaro qarama-qarshilikda o‘zbekistonlik grossmeyster 2,5:0,5 hisobida raqibidan ustun keldi va finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bellashuvda esa 1,5:2,5 hisobida Magnus Karlsenga mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa norvegiyalik grossmeyster rapid va blis bo‘yicha Jahon chempionatining har ikki yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi. Nodirbek Abdusattorov kumush medalga ega chiqdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:45, 31.12.2025.
O'qildi: 2029 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.