Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

FIDE Jahon chempionati. O‘zbekistonlik shaxmatchilar qancha ishlab topdi?

FIDE Jahon chempionati. O‘zbekistonlik shaxmatchilar qancha ishlab topdi?

Baho:
+ | -

Besh kun davomida Qatar poytaxti Doha shahri rapid va blis yo‘nalishlaridagi FIDE Jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Nufuzli musobaqada dunyoning 70 dan ortiq davlati vakillari qatorida O‘zbekiston terma jamoasining 15 nafar shaxmatchisi ham ishtirok etdi.

Blis yo‘nalishida jahon chempionatining vise-chempioniga aylangan Nodirbek Abdusattorov o‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida eng ko‘p mukofot pulini qo‘lga kiritdi. U blis bahslarida qo‘lga kiritilgan ikkinchi o‘rin uchun 50 ming yevro, rapid musobaqasida egallagan 23-o‘rni uchun esa 3 ming yevro mukofot puli ishlab oldi. Shu tariqa Abdusattorovning umumiy daromadi 53 ming yevroni tashkil etdi.

Ketma-ket uchinchi yil ham rapidda, ham blisda jahon chempioni bo‘lgan norvegiyalik Magnus Karlsen esa jami 140 ming yevro mukofot puliga ega chiqdi. Har bir yo‘nalishda chempionlik uchun 70 ming yevrodan ajratilgan bo‘lib, turnirdagi eng katta mukofot puli aynan Karlsen hissasiga to‘g‘ri keldi.

Jahon chempionatida Top-35 talikdan joy olgan shaxmatchilarga pul mukofotlari topshirildi. Erkaklar o‘rtasida eng kam mukofot 1500 yevroni, ayollar bahslarida esa 1000 yevroni tashkil etdi. Ushbu mablag‘lar mos ravishda erkaklar o‘rtasida 26–55-o‘rinlarni, ayollar orasida esa 16–20-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga berildi.

Ayollar o‘rtasidagi blis bahslarida kuchli sakkizlikdan joy olgan Umida Omonova O‘zbekiston ayollar shaxmati tarixida yangi sahifa ochdi. Ushbu natija uchun Omonova 15 ming yevro mukofot puliga sazovor bo‘ldi. Shu bilan birga, u rapid bahslarida nisbatan omadsiz ishtirok etdi.

Javohir Sindarov esa Dohadagi Jahon chempionatidan jami 21 ming yevro mukofot puli ishlab oldi. Uning 16 ming yevrosi rapid bahslaridagi ishtiroki, 5 ming yevrosi esa blis musobaqasidagi natijalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Qolgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar egallagan o‘rinlari mukofot puli uchun yetarli bo‘lmadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:04, 31.12.2025.
O'qildi: 2339 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.