Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Prezident qarori bilan Kattaqo‘rg‘on shahrida futbol akademiyasi quriladi

Prezident qarori bilan Kattaqo‘rg‘on shahrida futbol akademiyasi quriladi

Baho:
+ | -

27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi 392-sonli qarori e’lon qilindi. Unda Kattaqo‘rg‘on shahrida futbol akademiyasi tashkil etish masalasi ham joy olgan.

Shu yilning 23 dekabr kuni Liga ishchi guruhi Kattaqo‘rg‘onga tashrif buyurib, hududda katta futbol uchrashuvlarini o‘tkazish va 2025 yilgi mavsumni Birinchi ligada o‘tkazgan «Kattaqo‘rg‘on» futbol klubining Proligada ishtirok etishi masalasini o‘rgangan edi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yaqin kelajakda Samarqand viloyatida «Dinamo» klubidan tashqari yana bir professional futbol klubini shakllantirish hisoblanadi.

Kattaqo‘rg‘on safari yuzasidan e’lon qilingan materialda hukumat yordami bilan futbol maktabi tashkil etish ko‘zda tutilgani va keyinchalik uning «Kattaqo‘rg‘on» futbol klubi bilan bog‘lanishi masalasi qayd etilgan edi. Mazkur reja endilikda mamlakat Prezidenti tomonidan qaror shaklida imzolandi. Qarorda Kattaqo‘rg‘on shahrida Assosiasiya qoshidagi futbol akademiyasi tashkil etilishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, unga 20 milliard so‘m ajratilishi belgilangan. Bu o‘z ichiga 150 o‘rinli uch qavatli o‘quv va ma’muriy bino qurish, 100 o‘rinli yotoqxona va oshxona binosini barpo etish, 48x24 o‘lchamli universal sport zali, 110x78 o‘lchamlardagi bittadan tabiiy va sun’iy qoplamali futbol maydonlarini oladi.

Liga rejasiga ko‘ra, Samarqand viloyati hokimligi va Sport vazirligi yordamida Payshanba shaharchasidagi futbol maydoni DXSH asosida «Kattaqo‘rg‘on» klubiga biriktiriladi. O‘z navbatida klub mazkur maydonni Liga talablariga moslash uchun investisiya kiritadi. Bunda futbol maydonini to‘liq yangilash, texnik zona va tribunalarni ta’mirdan chiqarish ko‘zda tutiladi. Shuningdek, Payshanba shaharchasidagi oromgohning bir qismi klub bazasiga aylantiriladi. Kelajakda Assosiasiya yordamida «Kattaqo‘rg‘on» futbol akademiyasi qoshida 8 yosh toifasida tarbiyalanuvchilar guruhini tashkil etish va unga asosan mahalliy bolalarni jalb qilish, yosh toifalarining har birida minimum 25 nafardan tarbiyalanuvchi bo‘lishiga erishish hamda ularni Liga ro‘yxatidan o‘tkazish rejalashtirilgan.

«Dinamo» futbol klubi esa Samarqand viloyati futbol maktabi bilan xuddi shu yo‘sinda hamkorlik qiladi. Shu asosda viloyatda bir-biriga raqobat qiluvchi ikkita futbol klubiga asos solinadi. Ayni vaqtda Liga «Kattaqo‘rg‘on» futbol klubi bilan hamkorlikdagi ishlarni davom ettirayotgan bo‘lib, bu o‘z navbatida klubni Proliga musobaqasiga tayyorlash bosqichini o‘z ichiga oladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:04, 31.12.2025.
O'qildi: 170 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.