Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

«Lokomotiv» yana 4 ta transferni e’lon qildi: Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sardor Mirzayev jamoaga qaytdi

«Lokomotiv» yana 4 ta transferni e’lon qildi: Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sardor Mirzayev jamoaga qaytdi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan «Lokomotiv» futbol klubi qishki transfer oynasida tarkibini bir qator futbolchilar bilan kuchaytirdi. «Temiryo‘lchilar» safiga himoyachi Sunnatilla Poyonov, yarim himoyachi Nikolay Ivanov, shuningdek, klub muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Temurxo‘ja Abduqoliqov va Sardor Mirzayev qayta qo‘shildi.

21 yoshli himoyachi Sunnatilla Poyonov o‘tgan mavsum «Surxon» tarkibida 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol muallifi bo‘ldi. Shuningdek, u O‘zbekiston U-20 terma jamoasi safida 4 ta bahsda maydonga tushgan. Yangi mavsumda Poyonov «Lokomotiv» sharafini himoya qiladi.

Belarus chempionatining o‘tgan mavsumida bronza medallarini qo‘lga kiritgan 25 yoshli markaziy yarim himoyachi Nikolay Ivanov ham jamoaga qo‘shildi. U Belarusning «Slaviya» klubi safida 31 ta o‘yinda 7 tadan gol va assist qayd etgan, shuningdek, chempionatda 36 ta golli vaziyat yaratib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 5-o‘rinni egallagan. Qiziq jihati, Ivanov Rossiya futbol tarixi­dagi eng tezkor gol muallifi hisoblanadi — u 2024 yilda «Mashuk» tarkibida «Ximki» darvozasini 4-soniyadayoq ishg‘ol qilgan.

Shu bilan birga, 4 mavsumlik tanaffusdan keyin «Lokomotiv»ning eng sermahsul futbolchilaridan biri Temurxo‘ja Abduxoliqov jamoaga qaytdi. U klub tarixida 161 ta o‘yinda 79 ta gol va 10 ta assist qayd etgan. O‘tgan mavsumda «Bunyodkor» safida harakat qilgan hujumchi 25 ta bahsda 8 ta gol va 3 ta assist muallifi bo‘ldi.

Yana bir katta qaytish — yarim himoyachi Sardor Mirzayev bilan bog‘liq. 2014–2019 yillar davomida «Lokomotiv» safida 166 ta o‘yinda 36 ta gol va 11 ta assist qayd etgan Mirzayev 2020 yildan buyon faoliyatini xorijda va boshqa klublarda davom ettirgan. U Taylandning «Muangtong Yunayted» jamoasida 91 ta o‘yinda 29 ta gol va 18 ta assist qayd etgan, o‘tgan mavsumni esa OKMK tarkibida o‘tkazdi.

Shu tariqa, «Lokomotiv» yangi mavsum oldidan tarkibini tajriba va yoshlik uyg‘unligi bilan mustahkamlab, Superligada yuqori maqsadlar sari qadam qo‘ymoqda.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 20:29, 01.01.2026.
O'qildi: 1663 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик