Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

"Barselona" A Seriya yulduzi transferini orzu qilmoqda

"Barselona" A Seriya yulduzi transferini orzu qilmoqda

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni "Barselona"ning ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Ikkala klub ham "Al-Hilol"ning o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanseluga da’vogarlik qilmoqda, ammo "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy vazifasi himoya markazini kuchaytirish bo‘lib qolmoqda.

Jurnalist Janluiji Longarining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar yanvar oyida portugaliyalik uchun kurashda "neradzurrilar"ga jiddiy raqib bo‘lishi dargumon, ammo yozda ular Alessandro Bastonini o‘z tomoniga og‘dirib olishga urinishadi. "Barselona" italiyalik markaziy himoyachini qo‘lga kiritishni orzu qilmoqda va qimmatbaho transfer uchun mablag‘ni saqlab qolmoqchi.

Alessandro Bastoniga "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda. 26 yoshli futbolchining transfermarkt ekspertlari bahosiga ko‘ra, narxi 80 mln yevroga teng.

Kiritildi: 10:14, 03.01.2026.
O'qildi: 2326 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.