Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor 2-1 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 0-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-0 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Arteta: "Hozir Dyokereshga faqat bitta narsa yetishmayapti"

Arteta: "Hozir Dyokereshga faqat bitta narsa yetishmayapti"

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Viktor Dyokereshning holati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Angliyadagi debyut mavsumining birinchi yarmi hujumchi uchun unchalik omadli kechmadi. Shved "kanonirlar" safida 22 ta o‘yinda yettita gol urdi, buni muvaffaqiyatsizlik deb atash qiyin, ammo yulduz yangi futbolchidan ko‘proq narsa kutishgan edi.

"Dyokeresh psixologik jihatdan juda kuchli. Uning har kuni mashq qilayotganini, yig‘ilishlarda o‘zini qanday tutishini, har bir o‘yinda qanday ishlayotganini, muvaffaqiyatga erishishni qanchalik xohlayotganini ko‘rsam... Hammasi o‘z o‘rniga tushishini tushunaman. Hozir unga faqat bitta - ko‘proq gol yetishmayapti," - dedi Arteta Sky Sports bilan suhbatda.

Viktor Dyokeresh "Arsenal"ga 2025 yilning yozida Lissabonning "Sporting" klubidan deyarli 66 million yevro evaziga o‘tgandi.

Kiritildi: 12:28, 03.01.2026.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик