Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tyago Fernandes La Liga klubiga o‘tdi

Tyago Fernandes La Liga klubiga o‘tdi

Baho:
+ | -

"Vilyarreal" erkin agent sifatida 21 yoshli yarim himoyachi Tyago Fernandes bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma 2031 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Avvalroq, argentinalik futbolchi "Veles Sarsfild" klubi bilan shartnomasini bekor qilgan edi. 2023 yilda asosiy jamoadagi debyutini o‘tkazib, Argentina klubi safida 48 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fernandes Argentina U-23 terma jamoasiga ham chaqirilgan.

"Vilyarreal"da futbolchi asosiy jamoada bo‘ladi, u allaqachon mashg‘ulotlarga kirishgan.

Kiritildi: 16:17, 03.01.2026.
O'qildi: 708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик