Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Gabriel APLdagi 20-golini kiritdi

Gabriel APLdagi 20-golini kiritdi

Baho:
+ | -

Gabriel Magalyaes "Arsenal"ning APLdagi eng sermahsul himoyachisi bo‘lishga yaqin turibdi.

Bugun braziliyalik futbolchi Angliya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Bornmut" (3:2) darvozasini ishg‘ol qildi. Bu Gabrielning 2020 yilda London jamoasiga o‘tganidan buyon Premyer-ligadagi 20-goli bo‘ldi.

"Kanonirlar" safida milliy chempionat doirasida faqat bir himoyachi ko‘proq gol urgan - Loran Kosyelni. Fransiyalik futbolchi hisobida ushbu turnirda 22ta gol bor.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi o‘rinni Tomas Vermalen (13 gol), to‘rtinchi o‘rinni Toni Adams va Uilyam Gallas (12 tadan), beshinchi pog‘onani Kolo Ture (9) egallagan.

Kiritildi: 01:56, 04.01.2026.
O'qildi: 636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик