"Barselona" barcha turnirlardagi g‘alabali seriyasini 8 o‘yinga yetkazdi.
Bugun Xans-Diter Flik jamoasi La Liganing 18-turida "Espanyol"ni mag‘lub etdi - 2:0.
Kataloniyaliklar so‘nggi bor 25 noyabr kuni Chempionlar ligasida "Chelsi"ga mag‘lub bo‘lgandi - 0:3. O‘shandan beri ular barcha o‘yinlarda umumiy 21:6 hisobida g‘alaba qozonishdi.
7 yanvar kuni "Barselona" Ispaniya Superkubogida "Atletik"ka qarshi bahs olib boradi.













