Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Abduqodir Husanov Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

Abduqodir Husanov Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

Baho:
+ | -

Goalpost portali 2025 yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisini e’lon qildi. Bu unvon O‘zbekiston terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovga nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil 21 yoshli sportchi uchun muhim davr bo‘ldi. Yanvarda u «Manchester Siti»ga o‘tganidan so‘ng Angliya Premyer-ligasida o‘ynagan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi.

Shuningdek, Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida o‘yinlarda ishtirok etib, Jahon chempionati yo‘llanmasining qo‘lga kiritilishida hisa qo‘shdi. Joriy mavsumda himoyachi Manchester klubi safida to‘qqizta o‘yin o‘tkazdi.

«Goalpost ovoz berish natijalarida Husanov Osiyodagi kelajagi porloq ekani taxmin qilinayotgan bir qator futbolchilarni ortda qoldirdi. Ular orasida O‘zbekiston, Avstraliya, Indoneziya, Janubiy Koreya, Iroq va mintaqadagi boshqa mamlakatlar vakillari bor», — deb xabar beriladi.

Shuningdek, Abduqodir Husanov The Athletic nashri talqini bo‘yicha jahondagi eng kuchli 100 futbolchi orasida 86-o‘rinni egalladi. Shuningdek, u Osiyodagi eng qimmatbaho futbolchi deb topildi. Uning «Lans»dan «Manchester Siti»ga 2025 yil boshida o‘tgan transferi rekordli 40 million funtga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:11, 04.01.2026.
O'qildi: 1340 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик